«Step Ustoz» — maxfiylik siyosati
Yangilangan: 2026-yil 25-noyabr
Ilova kim uchun
«Step Ustoz» — Step School o'quv markazi o'qituvchilari uchun ichki ilova. Akkauntni markaz rahbariyati beradi; ilovada ro'yxatdan o'tish yo'q.
Qanday ma'lumotlar ishlatiladi
O'qituvchi akkaunti (login, ism), guruhlar va o'quvchilar ro'yxati (markaz tizimidan), o'qituvchi kiritgan davomat, oylik baholar, «ketib qoldi» xabarlari va takliflar. Bu ma'lumotlar faqat markazning o'quv jarayonini yuritish uchun ishlatiladi.
Kamera
Kamera faqat QR kod orqali kirish uchun ishlatiladi. Rasm yoki video olinmaydi, saqlanmaydi va hech qayerga yuborilmaydi.
Bildirishnomalar
Dars eslatmalari va rahbariyat javoblari haqida bildirishnomalar telefonning o'zida tayyorlanadi; ularni Profil bo'limida o'chirish mumkin.
Kim ko'radi
Ma'lumotlarni faqat markaz rahbariyati va mas'ul xodimlar ko'radi. Ma'lumotlar uchinchi tomonlarga sotilmaydi va berilmaydi, reklama yoki kuzatuv (tracking) yo'q.
Saqlash va xavfsizlik
Ma'lumotlar Step School serverlarida himoyalangan holda (HTTPS) saqlanadi. Kirish tokenlari telefonda Keychain'da saqlanadi.
O'chirish
Akkauntni yoki ma'lumotlarni o'chirish uchun markaz rahbariyatiga murojaat qiling — akkaunt o'chiriladi va kirish to'xtatiladi.